
PSJga bormayman!
“Barselona” futbolchisi Usmon Dembele o‘zining PSJga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Hamma nega PSJ haqida ko‘p gapirayotganini bilmayman. Lekin menga ishoning, PSJ borasida hech narsa bo‘lgani yo‘q va bo‘lmaydi ham, - dedi Usmon Dembele.
Frantsiyalik hujumkor futbolchi yakunlangan mavsumda “Barselona” safida 35 marotaba maydonga tushdi.
Bu uchrashuvlarda u sakkizta gol va to‘qqizta assist qayd etdi. Kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirishni istayapti.
Fikrlar