PSJni PSJ qilgan Neymar bo‘ladi

  • 07.08.2023 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik futbol agenti Andre Kyuri Neymarning 2017 yili PSJga ko‘chib o‘tgani Parij klubi uchun tarixiy ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

- Neymarning PSJga foydasining cheki yo‘q. Xususan, marketing masalasida Neymar Parij klubiga o‘ta katta daromad keltirgan.

Hozir dunyoning istalgan burchagiga borsangiz, bolalar PSJ futbolkasini kiyib yurganini ko‘rasiz. Neymar bu klubga o‘tmagunicha ular jamoa nomini hatto eshitmagan edi.

Neymarning Parij klubida o‘ynashi Lionel Messi, Kilian Mbappe va Anxel di Mariya kabi o‘yinchilarning bu jamoaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Agar Neymar va Mbappeni hisobdan chiqarsak, PSJda 100 million evro va undan katta summaga loyiq birorta transfer bo‘lmaydi, - dedi Andre Kyuri.

Neymar “Barselona”dan PSJga 2017 yili 222 million evroga transfer qilingan edi. Shu kunga qadar 31 yoshli futbolchi rasman 173 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 118 ta gol va 77 ta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!