PSJning 6 nafar futbolchisi Mbappe ustidan prezident Al-Xelayfiga shikoyat qilishdi
Bugun PSJning 6 nafar futbolchisi jamoa prezidenti Nosir al-Xelayfiyga murojaat qilishdi. "RMC Sport" nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi futbolchilari so‘nggi intervyusida jamoasi haqida salbiy gapirgan Kilian Mbappe ustidan shikoyat qilishgan.
Mbappe PSJni bo‘lingan klub deb atagan va bundan ko‘p mish-mishlar kelib chiqishini ham aytgandi. Manbaning aytishicha, prezident al-Xelayfiy bu so‘zlardan qattiq g‘azablangan, biroq ayni paytda ism-shariflari ko‘rsatilmagan 6 nafar futbolchi ham unga shikoyat bilan murojaat qilgan.
Mbappening PSJ bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Ehtimol, Kilian o‘zining xatti-harakati bilan frantsiyalik futbolchini transfer qilishdan manfaatdor bo‘lgan "Real"ga o‘tishga majburlamoqchi.



Fikrlar