
PSJning ikkita asosiy tarkib futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
PSJ klubida jiddiy kadrlar muammosi yuzaga keldi.
Parijliklarning ikki nafar yarim himoyachisi jarohat olgan va kelayotgan uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmaydi. "L'Equipe" nashri bergan xabarga qaraganda, italiyalik Marko Verratti jarohatini to‘liq tiklab ulgurmagan. U yana 3 haftaga safdan chiqqan.
29 yoshli futbolchi noyabr oyida klubning 4 uchrashuvidan atigi bittasida maydonga tushgan. Shuningdek, EChL so‘nggi turi doirasidagi "Manchester Siti"ga jarohat olgan Ander Errera ham yaqin 1 oy davomida jamoasiga yordam bera olmasligi ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, Parij klubi joriy mavsum 37 ochko bilan Frantsiya chempionatida karvonboshilik qilmoqda. EChLda esa, pley-off masalasini muddatidan oldin hal etdi.
Fikrlar