
PSJning naqd 6 nafar futbolchisi "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi
PSJ klubi Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi o‘yindan oldin kadrlar borasida jiddiy muammoga duch keldi. Turli sabablarga ko‘ra, Myunxendagi o‘yinga PSJning 6 nafar futbolchisi bormaydi.
E’lon qilingan qaydnomaga Xuan Bernat, Alessandro Florentsi, Mauro Ikardi, Layvin Kurzava, Leandro Paredes va Marko Verrattining nomlari kiritilmagan. Quyida “Bavariya”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Bavariya" – PSJ o‘yini 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ularning javob o‘yini 14 aprel kuni Parijda bo‘ladi.
Fikrlar