Pul ishlagan ma’qul! “Barsa” oʻyinchisi Saudiyaga yoʻl oladi

  • 11.06.2026 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasadonning Fransiyaning “Monako” klubiga transferi vaqtincha to‘xtatildi.

Bu haqida jurnalist Mikel Blaskes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining “Monako”ga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishilgan edi. Biroq uning agenti Jorje Mendes jarayonni to‘xtatib qo‘ygan.

Ma'lum qilinishicha, Mendes Kasadoni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga joylash harakatlarini boshlab yubordi. Bu transfer Joau Kanselu transferi doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Shu bilan birga, Mark Kasadonning “Monako”ga o‘tishi varianti hali ham saqlanib qolmoqda, chunki futbolchining o‘zi faoliyatini Evropada davom ettirishni xohlamoqda.

Biroq “Al-Hilol”ning yuqori moliyaviy taklifi uning qarorini o‘zgartirishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi 34 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta golli uzatma bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!