
Pul kerakmi, gol ur!
“Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Hozircha, “aristokratlar” bu transfer borasida klub bilan ham, o‘yinchining o‘zi bilan ham kelishuvga erisha olgani yo‘q.
Taniqli insayder Devid Ornshteynning aniqlashicha, “Chelsi” futbolchi bilan maosh miqdori masalasida bir to‘xtamga kela olmyapti.
Obameyang londonliklardan katta maosh talab qilyapti. “Aristokratlar” esa hujumchiga o‘rtacha maosh bo‘lgilab, qo‘shimcha daromadini uning gollariga bog‘lagan holda, bonus sifatida to‘lab bormoqchi.
Obameyangga boshqa klublardan ham qiziqish bor. Kataloniyaliklar esa uni tezroq sotib yuborishga harakat qilyapti.
Fikrlar