
Pxyonchxan-2018: Mezbonlarda ikkinchi oltin medal
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan navbatdagi qishki Olimpiadaning bugungi kuni mezbonlar uchun omadli boshlandi.
Kun boshida erkaklar o‘rtasida skeleton bo‘yicha yakkalik yo‘nalishda medallar o‘z egasiga topshirildi. E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda koreyalik Yun Sunbin g‘alaba qozonib, terma jamoasining musobaqadagi ikkinchi oltin medalini olib keldi. Kumush medal rossiyalik Olimpiadachi atlet Nikita Tregubevga nasib etgan bo‘lsa, buyuk britaniyalik Dominik Parsons shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. G‘oliblikka asosiy da’vogarlardan sanalgan latviyalik aka-uka Dukurslar esa 4 va 5-pog‘onalarda qolib ketishdi.
Skeleton. Erkaklar, yakkalik.
1. Yun Sunbin (Yujnaya Koreya) – 3.20,55
2. Nikita Tregubov (Rossiyalik Olimpiadachi atlet) – 1,63
3. Dominik Parsons (Buyuk Britaniya) – 1,65
Fikrlar