
Pyotr Yanning navbatdagi raqibi ma’lum. U katta ehtimol bilan Xitoyda jang qiladi
MMA Ecosystem portali asoschisi Kris Presnel Pyotr Yanning (16-5) navbatdagi jangi haqida qiziqarli ma’lumot berdi. Presnel ma’lumotlariga ko‘ra, Yan 9 dekabr kuni Yadong Song (20-7-1-1NC) bilan jang qiladi. Jang Shanxayda UFC Fight Night turniri doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin.
“Yadong Song va Pyotr Yan o‘rtasidagi jang joriy yilning 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirining asosiy voqeasiga aylanish jarayonida. Tadbir qaerda bo‘lishi hozircha noma’lum, ammo bu Shanxay bo‘lishi ehtimoli bor”, — dedi jurnalist.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan so‘ngi jangida Merab Dvalashviliga (16-4) imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Yadong esa Rikki Simon (20-4) ustidan zafar quchgandi.
Fikrlar