Qariya Ronaldu yana taxtga qaytdi

  • 3 noyabr, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Koronavirusni engib, “Yuventus” tarkibiga qaytgan Krishtianu Ronaldu A Seriyada “Spetsiya” darvozasiga bir juft gol urgandi. Bu gollar orqali portugaliyalik hujumchi Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 2020 yil davomida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi.

Jami 22 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilgan Krishtianu bu borada “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskidan o‘zib ketdi. Polshalik forvard “Bavariya” tarkibida bu yil 19 ta o‘yinda o‘z hisobiga 25 ta gol yozib qo‘ygan edi.

Kuchli uchlikdan o‘tgan mavsumda “Oltin butsa”ga ega chiqqan Chiro Immobile 22 ta aniq zarba bilan o‘rin olgan.

Keyingi pog‘onalarda 18 tadan gol muallifi bo‘lgan “Sassuolo” vakili Franchesko Kaputo va “Borussiyadagi vunderkind Erling Xoland, 17 tadan to‘p kiritgan “Liverpul” yulduzi Muhammad Saloh va “Milan”dagi qariya Zlatan Ibrohimovich nomi qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!