Qatardagi Osiyo kubogida yarim avtomatlashtirilgan ofsayd texnologiyasi (SAOT) dan foydalaniladi. Uning qulayligi nimada?

  • 19 dekabr, 2023, 21:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yanvar oyida terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur turnirda musobaqa rasmiylari barcha 51 o‘yinda yarim avtomatlashtirilgan ofsayd texnologiyasi (SAOT) tizimi yordamidan foydalanishga qaror qildi. Bu Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) musobaqalarida SAOTning ilk bor qo‘llanilishidir. 

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bu haqda shunday dedi: "Bizning Osiyo o‘yinlari rasmiylari dunyoning eng yaxshilari qatoriga kiradi va yarim avtomatlashtirilgan ofsayd texnologiyasi bu musobaqada debyut qiladi. Bu esa ularga yanada yuqori aniqlikni belgilashga yordam beradi", - dedi prezident.

ru

SAOT tizimi FIFA tomonidan chiqarilgan va IFAB tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, yo‘riqnomalarga muvofiq keng qamrovli sinovdan o‘tkazildi.

Unda 12 ta ixtisoslashgan kameralardan foydalaniladi, ular to‘p va o‘yinchilarning maydondagi aniq pozitsiyasini kuzatish imkoniyatiga ega. Xususan, oyoq-qo‘llarning holatini, shuningdek, ofsayd qarorlari uchun tegishli bo‘lgan boshqa barcha tana qismlarini aniqlay oladi. Endi hujumchi so‘nggi raqib uyinchisidan to‘liq oldinda qolib ketmagan bo‘lsa, ofsayd hisoblanmaydi.

av

Ushbu texnologiya sun’iy intellektdan foydalangan holda aniq va tezkor joylashuvni tekshirishni osonlashtiradi. O‘yindan tashqari holatda deb hisoblangan o‘yinchi to‘pni qabul qilganda, VAR tizimiga ogohlantirish yuboriladi va u texnologiya yordamida avtomatik ravishda chizilgan ofsayd chizig‘idan darhol pozitsiyani tekshiradi. Bunday holatda yakuniy qaror maydondagi hakamga xabar berilgunga qadar VAR tekshiruvidan o‘tadi. Yakuniy qaror esa bosh hakam tomonidan qabul qilinadi.

Qaror qabul qilish jarayoni tugallangandan so‘ng o‘yinchining pozitsiyasini aniqlashda foydalanilgan ma’lumotlar 3D animatsiyaga aylantiriladi, ular stadionlardagi ulkan ekranlarda ko‘rsatiladi hamda bu shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
20/12/2023 10:09
Узбекистон судьялари буни хам йулини топишади пахтакор агмкга фойда келтириш максадида
Норов Абдужалил
19/12/2023 21:42
Yaxshi bo'lar ekan. Shu afsaydni yomon ko'raman. Qo'y qancha gol ursa ursin futbol shu gollari bilan jozibaliku axir