Qaysi mutaxassis "Navbahor"ni sovrindorlar qatoriga olib chiqadi?

  • 17.12.2020 23:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda “Navbahor” klubi atrofidagi gap-so‘zlar futbolga befarq bo‘lmagan insonlarning e’tiborini o‘ziga tortayotgani aniq. Ma’lumki, ushbu mavsum klub uchun o‘zi istagan darajada muvaffaqiyatli kechmadi. Chempionatda 8-o‘rin bilan cheklangan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogida chorak finalda ishtirokini to‘xtatdi.

Tecno

Jamoadan doim maksimal natijalarni talab qiladigan mahalliy muxlislarni esa “Navbahor”ning joriy mavsumdagi ishtiroki qoniqtirmagani tabiiy hol. Klub rahbariyati esa bu yil amalga oshmagan maqsadlarini endi kelasi mavsumda amalga oshirmoqchi.

Matbuotda “Navbahor”ga Samvel Babayanning bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deganlaridek, bunday gap-so‘zlar bejiz emas. Ammo hali  rahbariyat bu borada bosh murabbiy nomini rasman e’lon qilgani yo‘q. Lekin anig‘i shuki, “Navbahor” chindan ham Babayan bilan muzokaralarni olib borgan. Ushbu xabar yuzasidan mutaxassisning o‘zi bilan bog‘langanimizda ham “Navbahor” bilan muzokaralar bo‘lganini tan oldi. Balki tomonlar allaqachon ishni “pishitib” qo‘yishgandir, balki hali bir to‘xtamga kelishmagandir, bu yog‘i bizga qorong‘u. Lekin ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy masalasi tez kunlarda hal etiladi.

Yana bir gap: klub rahbariyatining short-listida yana boshqa nomzodlar ham bor. Jumladan, bosh murabbiylikka xorijlik mutaxassisning ham varianti bo‘lsa bundan ajablanmaymiz. Lekin bu qanchalik o‘zini oqlarkin, bilmadik. Har xolda Andrey Kanchelskis misolida aytishimiz mumkinki, “Navbahor” xorijlik mutaxassis bilan hech nimaga erisha olmadi. Undan ko‘ra, o‘zimizning mahalliy kadr hisoblangan No‘’mon Hasanov hartugul Kanchelskisdan ko‘ra samaraliroq ish olib bordi. Yaqinda “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev aytganidek, rossiyalik murabbiyning qandayligini endi yaqindan bilamiz. Shunday omillarni hisobga olsak, “Navbahor” rahbariyati xorijlik murabbiyga qiziqayotgan bo‘lsa, unda etti o‘lchab bir kesishi lozim.

Odatda “Navbahor” har yili mavsum oldidan sovrinli o‘rinlar uchun kurashish asosiy vazifa ekanligini ma’lum qiladi. Shunga yarasha murabbiylar jalb etiladiyu, biroq chempionat yakuniga kelganda namanganliklarni kuchli uchtalikdan topa olmaymiz. Xo‘sh, bu safargi urinish qanday bo‘larkin? Qaysi mutaxassis klubni sovrindorlar qatoriga olib chiqa oladi? Shubhasiz, “Navbahor”ga keladigan murabbiyning oldiga  nimanidir yutish vazifasi qo‘yiladi, bu aniq. Qizig‘i, klub bunday maqsadini qaysi murabbiy bilan amalga oshiradi? Bu Babayan bo‘ladimi, Hasanovmi yoki boshqasimi? Hammani qiziqtirayotgan masala o‘z echimini albatta topadi. Oz qoldi...      

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/12/2020 01:35
Asli uzi Namanganlik bulgan Murabbiy topish kerak. bariber kelajakka Aniq. Ahmedovla sulosi. Klubni boshqarsa. Odil Ahmedov. Asosiyni Azim Ahmedov. yoshlarni.
Abduvali Rustamov
18/12/2020 02:44
Ilhom Mo'minjonovni olib qoliw kerak edi.Muxlislarni o'zi Mo'minjonovni xaydadi.Aslida owa Navbaxor ancha kuchli va mazmunli edi Kanchelskis yevrofutbolni o'rgatmoqchi edi lekin yakunda uning darajasi bizning murabbiylardan baland emasligi ko'rinib qoldi