"Qirg‘iziston marvaridi" xalqaro turnirida o‘zbekistonlik kikboksingchilar 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida tashkil etilgan "Qirg‘iziston marvaridi" xalqaro turnirida ishtirok etgan O‘zbekiston kikboksing terma jamosi bir qator muvaffaqiyatli natijalar qayd edi.

Tecno

Murabbiylar Timur Muhammedjonov hamda Munisa Qoraboeva boshchiligida kattalar va o‘smir-yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 6 ta oltin, 3 ta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Jumladan, Fayzullo Nazarxonov, Munisa Qoraboeva, Jamshid Sayfuddinov, Odina Habibullaeva, Nargiza Boltaboeva, Muhammadovud Mirsodiqov turnirning yuqori probali medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Shukur Qurbonov, Diyor Mamatqulov va Husniddin Mahammadjonov ikkinchi o‘rinni band etdi. Shuningdek, Mavluda Olimova, Shahriyor To‘lanboev uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa, 19 nafardan iborat terma jamoamiz a’zolari jami, 11 ta medalga ega chiqqa holda, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Mazkur muvaffaqiyat bilan kikboksingchilarimiz va ularning murabbiylarini muborakbod etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!