Qirg‘iziston va O‘zbekistonning “Neftchi” klublari o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

  • 30 may, 2018, 13:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Yon qo‘shnilar bilan iliq munosabatlarni davom ettirish yo‘lida 8 iyun kuni Qo‘chqorotaning “Neftchi” klubiga qarshi Farg‘onaning “Neftchi” klubi saf tortadi. O‘rtoqlik uchrashuvi har ikki mamlakat Professional futbol ligalarining o‘zaro kelishuvi asosida tashkil etiladi.

8 iyun kungi bellashuvga Qirg‘izistonning Jalolobod shahri mezbonlik qiladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 17:00 da start oladi. 

Sir emaski, 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, Pepsi Superliganing 14-turi Jahon Chempionatidan keyinga qoldirilgandi. Demak, 8 iyun kungi uchrashuv “Neftchi”ning chempionatdagi ishtirokiga ta’sir qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!