
Qishki transferlar oynasida qaysi jamoalar eng ko‘p pul sarfladi?
Dunyogamashhur Transfermarkt portali yakunlangan qishki transferlar oynasida yangi futbolchilar uchun eng ko‘p pul sarflagan klublar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganiga uncha ko‘p bo‘lmagan "Nyukasl" davralar oralig‘ida yangi xaridlar uchun 102,1 mln evro pul sarflagan. "Qarg‘alar" bu borada birinchilikni egallashdi. Kuchli uchlikdan esa "Yuventus" va "Barselona" joy oldi.
1) "Nyukasl" - 102,1 million evro;
2) "Yuventus" - 97,7 million evro;
3) "Barselona" - 55 million evro;
4) "Liverpul" - 45 million evro;
5) "Everton" - 37,5 million evro;
6) "Aston Villa" - 30 million evro;
7) "Tottenxem" - 29 million evro;
8) "Fiorentina" - 28 million evro;
9) "Zenit" - 27,15 million evro;
10) "Uotford" - 24,7 million evro.
Fikrlar