"Qizil iblislar" ishtirokidagi o‘yinda gollar shousi. Ammo Ronaldu...

  • 20 fevral, 2022, 21:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining navbatdagi turida Marselo Belsa jamoasi o‘z maydonida barqaror o‘yin ko‘rsata olmayotgan “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda “qizil iblislar” mehmonda 2:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Birinchi bo‘limda Maguayr (34) hamda Fernandesh (45+4)ning gollari evaziga "MYu"ni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan keyin “Lids” o‘yinni o‘zgatira oldi va birin-ketin Rodrigo (53) bilan Rafinya (54) muvozanatni tikladilar.

Shundan keyin "MYu" bosh murabbiyi tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdi va bu o‘z samarasini berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Fred (70) hamda Elanga (88)ning gollari yakunda “qizil iblislar”ga 2:4 hisobidagi g‘alabani taqdim qildi.

Shu kuni o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Ronaldu 85-daqiqada zaxiraga olindi va o‘rniga himoyani mustahkamlash uchun Varan tushirildi.

“Lids”:  Illan Mele, Styuart Dallas, Lyuk Eyling, Diego Lorente (Jo Gelxardt, 46), Paskal Streyt, Mateush Klix, Robin Kox (Xunior Firpo, 31), Deniel Jeyms, Adam Forshou, Jek Xarrison (Rafinya, 46), Rodrigo.

“Manchester Yunayted”: David de Xea, Lyuk Shou, Xarri Maguayr, Viktor Lindelyof, Aaron Uan-Bissaka, Jeydon Sancho, Brunu Fernandesh, Jessi Lingard (Entoni Elanga, 67),  Pol Pogba (Fred, 67), Skott Maktominey, Krishtianu Ronaldu (Rafael Varan, 85).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!