
"Qizilqum" futbolchisi "Metallurg"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi
“Qizilqum” jamoasining tajribali yarim himoyachilaridan biri Jasur Azimov Superliganing 26-turidan o‘rin olgan Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Bunga sabab uning sariq kartochkalari soni hozirga kelib 4 taga etganidir. Shu bilan yarim himoyachi uchun joriy mavsum tomoshabinlar qatorida yakunlanadi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar