
"Qizilqum" "Navbahor"ni nega mag‘lub eta olmadi? Islom To‘xtaxo‘jaev javob berdi
O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 7-turida “Qizilqum” klubi “Navbahor” bilan kuch sinashdi va unda 1:1 hisobi qayd etilganidan xabardorsiz.
Bu o‘yin Navoiyda emas, balki Muborakdagi stadionda o‘tkazilganini ham qo‘shimcha qilish joiz. “Qizilqum” etakchisi Islom To‘xtaxo‘jaev sports.uzga o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi:
- “Navbahor”ga qarshi qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Menimcha, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganimizda bemalol g‘alaba qozongan bo‘lardik.
Baribir ushbu uchrashuvni o‘z maydonimizda o‘tkaza olmaganimizni ham biroz ta’siri bo‘ldi. To‘g‘ri, namanganliklar bizga etarlicha qarshilik ko‘rsatishdi.
Ularning safida kimnidir alohida ajratib ko‘rsatmayman, butun jamoa sifatida yaxshi harakat qilishdi. Ammo biz mazkur to‘qnashuvda ikki ochkoni yo‘qotdik, - dedi To‘xtaxo‘jaev.
Fikrlar