"Qizilqum" "Turon"ga qarshi o‘yin orqali Toshkentdagi yig‘inini yakunladi

  • 9 iyun, 2021, 21:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi Toshkentdagi yig‘inini yakunlash arafasida “Turon”ga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

“Qizilqum”ning boshlang‘ich tarkibi: Ignatiy Nesterov, Oleg Tolmasov, Aziz Usmonov, Fayzulla Qambarov, Sherali Jo‘raev, Jamshid Hasanov, Erkin Boydullaev, Oybek Qilichev, Giorgi Kuxianidze, Jasur Azimov, Mate Vattsadze.

“Turon”ning boshlang‘ich tarkibi: Akmal Ortiqov, Asilbek Qayumov, Jahongir Mehmonov, Asliddin Toshtemirov, Deyan Ponevich, Abduqahhor Hojiakbarov,  Bilolxon Toshmirzaev, Javohir Sohibov, Sunnatilla Ermatov, Muzaffar Muzaffarov, Abdulazizxon Abdurashidov.

Ushbu o‘yinda “Turon”ning qo‘li baland keldi – 2:1. Muzaffarov bilan Toshmirzaevning gollariga “Qizilqum”dan Azimov bir bor javob qaytardi.

Shunday qilib, mazkur nazorat uchrashuvi orqali “Qizilqum”ning Toshkentdagi yig‘ini yakuniga etdi. Endi futbolchilar biroz dam olgach, 12 iyundan Navoiyda tayyorgarlikni davom ettiradilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!