
"Qizilqum" uchun "Bunyodkor" qulay raqibga aylanib qoldi...mi?
Bugun Qarshida “Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvi orqali Superligada ikkinchi davra bahslariga start beriladi. Mazkur jamoalar chempionat doirasida o‘zaro 35 marotaba to‘qnashishdi. “Qizilqum”da 8, “Bunyodkor”da 20 g‘alaba bor. 7 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 32\63 “Bunyodkor” foydasiga.
Birinchi davraning ilk turida Toshkentda “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Qizilqum” 1:3 hisobida g‘alaba qozongan. “Bunyodkor” oxirgi marta “Qizilqum” mezbonligidagi uchrashuvda 2018 yili g‘alaba qozongan. O‘shanda yagona gol o‘yin taqdirini hal qilgan. Oxirgi 5 ta o‘yinning 4 tasida “Qizilqum” g‘alaba qozongan va 1 tasida durang kuzatilgan.
Fikrlar