"Qizilqum" ustozi: "Boshqa guruhlar yomon ko‘rinmayapti, ammo bizni guruh chindan ham og‘ir"
Yaqinda O‘zbekiston Kubogining guruh bahslariga qur’a tashlanganidan xabaringiz bor. Ko‘pchilik esa “o‘lim” guruhi sifatida “Qizilqum”, “Navbahor”, “Neftchi” va “Dinamo” klublari joy olgan “A” guruhini e’tirof etishmoqda.
Mavsumni yaxshi boshlagan “Qizilqum” klubi Kubokda ham oldiga jiddiy vazifa qo‘ygan. Jamoa bosh murabbiyi Nikola Lazarevich Sports.uz uchun qur’a borasidagi fikrlarini bildirdi. Unga jamoangiz “o‘lim” guruhidami, deya so‘raganimizda shunday dedi:
“Ha, shunday deb aytishimiz ham mumkin. Boshqa guruhlar yomon ko‘rinmayapti, lekin bizni guruh chindan ham og‘ir. Shunisi yaxshiki, “Dinamo” bilan o‘ynab bo‘ldik, tez orada tur doirasida “Neftchi” bilan to‘qnash kelamiz. “Navbahor”ga qarshi kechadigan bahs biz uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tab beradi. O‘ylaymanki, Kubok uchun kurashayotgan jamoalarning barchasi iloji boricha keyingi bosqichga chiqishga harakat qilishadi”, -dedi Lazarevich.



Fikrlar
Shunda komandalarimizda uyin amaliyoti kip buladi.
Hozirgi tizim yahshi emas.lotoreyaga uhshaydi