“Qizilqum”ga qarshi o‘yin oldidan “Mash’al” safida ko‘plab yo‘qotishlar bor

  • 30 iyun, 2021, 16:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” jamoasi “Qizilqum”ga qarshi Cuperliga 12-tur oldidan bir qator futbolchilari jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishcha, Xumoyun Murtozaev, Samuel Chigoze, Jamoliddin Ubaydullaev, Siroj Qo‘ziev jarohati tufayli, Ibe Okoro va Ifeani sariq kartochkalari to‘rttaga etganligi sababli “gazchi”larga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Mash’al” uchrashuvi Navoiyda «Yoshlar» sport majmuasi”da bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 2 iyul - juma kuni soat 20:00da boshlanadi.

Muborakliklar 10 o‘yinda 9 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Navoiyliklar esa 11 o‘yinda 17 ochko bilan 5-pog‘onani egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!