Qizini urgan vahshiy futbolchi 14 yilga qamaldi

  • 12 sentabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq futbolchi Kirnan Xyuz‑Meyson ikki yashar qizini urib, mayib qilgani uchun 14 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Tecno

32 yoshli Xyuz‑Meyson bolalarga shavqatsizlik qilish, qasddan og‘ir shikast etkazishda aybdor, deb topildi.

2020 yili ikki yoshli qizaloq og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqiziladi. Uning oyog‘i, orqasi, yuzi va ko‘krak qafasining 17 joyida jarohat borligi aniqlanadi. O‘ta og‘ir bosh va miya jarohatini olgan qizcha ikki hafta davomida komada yotadi. Ana shu jarohatlar ta’sirida qizcha endi doimiy qarovga muhtoj.

Xyuz‑Meyson o‘z aybini yashirish uchun qizini o‘yinchoqlar ustiga yiqilib tushganligini aytib, mutaxassislarni chalg‘itishga uringan.

Qizchaga qo‘l ko‘targan sobiq futbolchis “Arsenal” va “Tottenxem” akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblangan. Faoliyati davomida “Milluoll” jamoasida to‘p tepgan. Unga hukm o‘qilguniga qadar “Enfild Boro” jamoasida murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!