"Qo‘qon-1912" Buxorodagi oxirgi 5 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti
Superliga 23-tur doirasidan o‘rin olgan “Buxoro” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 27 marta to‘qnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarning 9 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. “Buxoro” o‘yinlarning 15 tasida zafar quchgan, 3 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 53-37, “Buxoro” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda Buxoroliklar 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 30 tani tashkil etadi.
Buxoroda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuv:
03.03.2018 Buxoro – Qo‘qon-1912 - 1:0
04.11.2017 Buxoro – Qo‘qon -1912 - 2:2
19.08.2016 Buxoro – Qo‘qon -1912 - 3:1
19.09.2015 Buxoro - Qo‘qon -1912 - 2:0
10.08.2003 Buxoro - Qo‘qon -1912 - 4:2
425-uchrashuv arafasida
«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 425-o‘yinini o‘tkazish arafasida turibdi. 14-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 424 ta uchrashuv o‘tkazishgan. Jamoa shularning 150 tasida g‘alaba, 66 uchrashuvda durang 208 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 565 – 769. Umumiy ochkolar 516 tani tashkil etadi.
Aytgancha, o‘tgan turda Xamidullo Abduhamidovning “Qizilqum” darvozasiga kiritgan goli "Qo‘qon-1912" jamoasining milliy chempionatlardagi 565-goli sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.
Boshlanish vaqtlari
“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasi o‘yingohida soat 17:00da start oladi.

Fikrlar