
"Qo‘qon-1912" hujumchisi jahon chempionatida kimga va nima uchun muxlislik qilishini bilasizmi?
Shu yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgani hech kimga sir emas. Ushbu mundialni yurtimizda ham orziqib kutayotganlar ko‘p. Shu bilan birga o‘zimizni chempionatda to‘p surayotgan futbolchilar uchun mundial o‘ziga xos master klass vazifasini ham o‘taydi.
“Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilayotgan Mo‘min Meliev Sports.uz uchun bo‘lajak jahon chempionati oldidan “o‘lim” guruhi va kimga muxlislik qilishi borasida fikr bildirdi.
“Jahon chempionatida “o‘lim” guruhi Argentina, Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha terma jamoalari joy olgan “S” guruhi bo‘lsa kerak.
Qatardagi mundialda Shvetsiyaga muxlislik qilmoqchi edim. Chunki u erda Zlatan Ibragimovich bor-ku. Uning o‘yin uslublari menga yoqadi. Endi bo‘lsa, Polshaga muxlislik qilmoqchiman. Chunki Levandovski bor. Jahon chempionatida asosiy favoritlar kimlar? Angliya, Frantsiya va Ispaniya".
Fikrlar