“Qo‘qon-1912” Muborakda biror marta ham g‘alaba qozona olmagan!

  • 12 aprel, 2017, 18:20
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bir necha kundan so‘ng oliy liga 6-tur o‘yinlari start oladi. Unda “Mash’al” Muborakda “Qo‘qon-1912” bilan kuch sinashidi.

“Mash’al” va “Qo‘qon-1912” oliy ligada 10 bora to‘qnash kelishgan. Natijalar “Mash’al” klubining ustunligini ko‘rsatmoqda.

“Mash’al” jamoasi ushbu raqibni 6 marta mag‘lub etgan. 2ta o‘yinda durang qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” hisobida 2ta g‘alaba mavjud. “Gazchilar” o‘zaro o‘yinlarda 18ta gol urishgan, qo‘qonliklar 9 marta muborakliklar darvozasini ishg‘ol etishgan. “Mash’al” o‘zaro o‘yinlarda 20 ochkoga ega bo‘lgan, Qo‘qon klubi hisobida 8 ochko bor. “Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda eng yirik g‘alabasi 3:0 ga teng bo‘lsa, “Qo‘qon-1912”ning eng yirik muvaffaqiyati 3:1 bo‘lib turibdi. Vodiy jamoasi hozirga qadar Muborakda biror marta ham g‘alaba qozona olishmagan.

Muborakda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

26.06.2016 «Mash’al» - «Qo‘qon-1912» 2:0

25.04.2015 «Mash’al» - «Qo‘qon-1912» 3:0

20.09.2003 «Mash’al» - «Qo‘qon-1912» 3:2

02.11.2002 «Mash’al» - «Qo‘qon-1912» 2:0

15.04.1995 «Mash’al» - «Qo‘qon-1912» 2:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Mash’al” Muborakda bo‘lib o‘tgan 5ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan. Jamoa Muborakda har bir o‘yinda kamida ikkitadan to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!