
"Qo‘qon-1912" "Nasaf" bilan o‘yinga tayyorgarlikni Toshkentda olib boradi
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" jamoasining Qo‘qondagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘z yakuniga etdi.
Kecha jamoa a’zolari o‘zaro ikki tarkibga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazishdi. "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tgan o‘yinda murabbiylar futbolchilarning tayyorgarliklarini ko‘rib olishdi.
"Oqlar" va"ko‘klar" o‘rtasidagi uchrashuvda 3:1 hisobida "oqlar" g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi "oqlar"ning har uchala golini ham Andrey Sidorov kiritdi. Narigi jamoadan esa Anvarjon Xojimirzaev gol muallifiga aylandi.
Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarga bir kunlik hordiq berishlarini ma’lum qildi.
Endi "shunqorlar" ertadan, ya’ni 10 noyabr kunidan boshlab Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirishadi.
Eslatib o‘tamiz, 24-turning qoldirilgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 15 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar