
"Qo‘qon-1912" o‘rtoqlik o‘yinida "So‘g‘diyona"dan ustun keldi
"Qo‘qon-1912" jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalardan ajoyib harakat qilgan qo‘qonliklar Sunnatilla Poyonov tomonidan kiritilgan gol evaziga oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limning o‘rtalarida Islom Qobilov hisobni tenglashtirdi. Bo‘lim yakunida esa Poyonov bahsdagi ikkinchi golni urdi va "Qo‘qon-1912" birinchi bo‘limni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Javohir Husanov ajoyib gol urdi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Bahs shu hisob bilan yakulandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Qo‘qon-1912 - So‘gdiyona - 3:1
Gollar: Sunnatilla Poyonov (dubl), Javohir Husanov - Islom Qobilov
"Qo‘qon-1912"ning birinchi bo‘limdagi tarkibi: Jalilov, Giorgadze, Toshtemirov, Akramov. Hakimov, Gvazava, Abdurahimov, G‘ofurov, Poyonov, Petrov, Kondratyuk.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Soipov, Boysariev, Xabibullaev, Malikjonov, Merzlyakov, Husanov, Muxtorov, Beshimov, No‘’monov, Zokirjonov, Rahimjonov.
"So‘g‘diyona": Sobirov, Yoqubov, Qobilov, Salimov, Zoteev, Andreev, Mustafoqulov, Izzatov, Yovovich, Doriev.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar