"Qo‘qon-1912"ning "Bunyodkor" bilan o‘yingacha tuzgan rejalari qanday?

  • 31.05.2020 13:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Farg‘ona viloyatidan Superligada yagona vakil sifatida ishtirok etayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasining joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari ancha jiddiy. Shu maqsadda klubga bosh murabbiy sifatida Baxtiyor Ashurmatov olib kelinganini eslatib o‘tish joiz.

Albatta, karantin sababli barcha murabbiylarning rejalari o‘zgarib ketgandi. Lekin endi vaziyat o‘zgarmoqda. Kechadan boshlab Superliga ishtirokchilari asta-sekin mashg‘ulotlarga kirishmoqdalar.

Xo‘sh, bu borada qo‘qonliklarning rejalari qanday? Klub matbuot xizmatining Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, bugun jamoa a’zolari Qo‘qonda to‘plandilar va ertadan mashg‘ulotlarni boshlashadi.

Ular 4-tur doirasida 13 iyun kuni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazishadi. Shu boisdan qo‘qonliklar mazkur bellashuvgacha ikkita tayyorgarlik bosqichini o‘tkazadi.

Dastlabki yig‘in 5 iyungacha Qo‘qonda tashkillashtiriladi. Shundan so‘ng nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 8 iyundan esa mashg‘ulotlar Toshkentda davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!