
Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi, yangi murabbiy ham allaqachon tayinlandi
Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Galymbek Kenjebaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Bugun terma jamoaga yangi murabbiy tayinlandi. Ushbu vazifaga 2019 yildan boshlab, yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi sifatida ish olib borgan Qayrat Satjanov loyiq ko‘rildi. Satjanov jamoasi bilan birga 2019 va 2021 yildagi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bo‘lgan.
Yana bir muhim tayinlov ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligiga bo‘ldi. Bu borada o‘z istefosini so‘ragan yana bir mutaxassis Erik Algabek o‘rniga Shamil Safiullin tayinlandi.
Fikrlar