
QPL. "Qayrat" "Aktobe"ga mag‘lub bo‘ldi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev...
Biroz avval, Qozog‘iston Premer-ligasidan o‘rin olgan markaziy bellashuv yakunlandi. Hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepadigan "Qayrat" bu tur "Aktobe" mehmoni bo‘ldi va kambek qurboniga aylandi. Dastavval, 52 daqiqada Gromiko hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik mezbonlar 82 va 89 daqiqalarda gol kiritib, g‘alabani ilib ketdi.
Mazkur bahsda Yo‘ldoshev to‘liq 90 daqiqa davomida faol harakat qildi va 58 daqiqada raqib futbolchisi bilan janjallashgani sababli bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Fikrlar