
Qudratillo Abduqahhorov Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi
Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) IBF yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogar Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlash uchun bugun tongda Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.
Aslida, Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets o‘rtasida IBF vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jang 24 oktyabr kuni bo‘lishi kerak edi. Ammo Abduqahhorov viza muammosi sabab, ushbu kamar uchun Sergey Lipinets Kastio Kleytonga qarshi jang qildi. Jangda durang qayd etilgani tufayli, Qudratillo Abduqahhorov hamon IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar