Raboning onasi "Barselona"ga qanday shart qo‘ymoqda?

  • 30.12.2018 15:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ xavbeki Adrian Rabo va “Barselona” o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchining onasi kataloniyaliklardan shartnoma imzolash evaziga 15 mln evro bonus xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Raboning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u istagan jamoasi safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rabo joriy mavsum PSJ safida 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!