
Rafael Nadal "US Open"da kim qirol ekanini ko‘rsatib qo‘ydi
AQShning Nyu-York shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi "US Open" turnirida yarim final bosqichi yakunlandi.
Yakkalik bahslarining mazkur bosqichida ispaniyalik Rafael Nadal va italiyalik Matteo Berrettini o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Nadal 7:6, 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Rafael Amerika ochiq chempionatining bosh sovrini uchun o‘tadigan bahsda rossiyalik Daniil Medvedev bilan kuuch sinashadi.
Fikrlar