
Rafael Varan “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin
Xabaringiz bor, Ispaniyaning “Real” klubi himoyachisi Rafael Varan jarohat olib safdan chiqqandi.
Marca nashri tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Varan ayni paytda jarohatidan forig‘ bo‘lgan. Shuning uchun u umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda. La Liga 11-turidan o‘rin olgan “Real”ning “Las-Palmas”ga qarshi bellashuvida ishtirok etishi mumkin.
Fikrlar