
Rafinya "Bavariya"dan ketishini e’lon qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Rafinya jamoa bilan xayrlashdi.
“Ortda qolgan 8 yil ajoyib o‘tdi, ko‘plab unutilmas voqealar bo‘ldi. Ayniqsa, 2013 yildagi trebl. Ertami, kechmi, bir kun kelib har qanday tarix yakun topadi.
Biz kun davomida birgamiz va shu sababli bir-birimizni xuddi oila a’zolarimizdek yaxshi bilamiz. Oramizdagi eng katta narsa bu do‘stlikdir”, - deydi braziliyalik futbolchi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar