Rakitich evrokuboklardagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich kecha “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 1/4 final dastlabki bahsida ishtirok etdi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun evrokuboklardagi yubiley 100-o‘yin sifatida tarixga kirdi. Ta’kidlash kerakki, Rakitich ushbu o‘yinlarning 62tasini Chempionlar ligasida o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Rakitich “Barselona”ga kelishdan avval “Bazel”, “Shalke” va “Sevilya” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar