
Rakitich hech qayoqqa ketmaydi, u “Barselona”da qoladi
Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich “Barselona”dan ketmaydi. El Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli xavbek tez orada kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, Rakitichning amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan edi. Yangi shartnoma qancha muddatga tuzilishi hozircha e’lon qilinmayapti.
Avvalroq, Joze Mourinyu xorvatiyalik futbolchini “Manchester Yunayted”da ko‘rishni hoxlayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Rakitich ushbu mavsum “Barselona” tarkibida 19ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar