Ramos Chempionlar ligasining navbatdagi turini o‘tkazib yuboradi
Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida APOELga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ertaga bo‘lib o‘tadigan APOELga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Biroq, Ramos ushbu ro‘yxatga kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Ramos La Liganing 12-turida “Atletiko”ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda burnidan jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, APOEL hamda “Real” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.

Fikrlar