Ramos Kasilyasni ortda qoldirdi. Endi navbat Buffonga

  • 13 oktabr, 2019, 01:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos bugun Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

E’tiborlisi, bu uchrashuv 32 yoshli futbolchi uchun “qizil furiya” safidagi 168-o‘yin bo‘ldi va u shu tariqa Ispaniya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Iker Kasilyasdan (167) o‘zib ketdi va yaqqol rekordchiga aylanib oldi.

Ta’kidlash kerakki, Ramosda shuningdek Evropa terma jamoalari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanib olish imkoniyati ham mavjud. Ushbu rekord ayni damda Janluiji Buffonga tegishli. Uning hisobida 176 ta o‘yin bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!