Ramosni PSJga o‘tishga kim ko‘ndirdi?
Yaqinda "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolagan Serxio Ramos uni frantsuz grandiga o‘tishga Neymar ko‘ndirganini aytdi.
“Biz Neymar bilan 6-7 yildan beri aloqadamiz. Biz har doim do‘st edik, garchi men "Real"da, u "Barselona"da o‘ynagan o‘ynagan bo‘lsak ham.
Meni PSJga o‘tishga Neymar ko‘ndirdi. Har doim yangi klubga o‘tishdan oldin u erda o‘ynayotgan futbolchilar bilan suhbatlashish yaxshi fikr. Ularning fikri katta ahamiyatga ega”, - dedi Ramos.
35 yoshli Ramos PSJga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi. U parijliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar