Raneri "Roma"dagi kelajagi haqida gapirdi

  • 10 aprel, 18:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri mavsum yakunlanganidan so‘ng qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi haqida ma’lum qildi. O‘tgan yilning noyabr oyidag aytib o‘tilganidek, Raneri shartnomasi tugagach, aynan shu klubda ma’muriy lavozimga o‘tadi.

- Men bosh maslahatchi bo‘laman. Klub uchun yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishimni bilaman - nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini maslahat beraman.

Biroq, yakuniy qarorni klub egasi qabul qiladi. Muxlislar shuni bilishlari kerakki, agar fikrim inobatga olinmasa, faqat shundagina ketaman. Bugun o‘zimni loyihaning markazida his qilyapman," - dedi mutaxassis.

Shuningdek, rimliklar murabbiyi yangi murabbiy izlash ishlari yakunlanayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq, aniq nomzodlarning kimligi aytilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!