Rangnik ”Atletiko” jamoasi haqida nimalar dedi?
”Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik ”Atletiko”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL nimchorak final bahsi haqida gapirib o‘tdi. Unga ko‘ra, Madrid klubi MYuga har tomonlama muammo tug‘dira oladi.
“Diego o‘zining odatiy uslubi bilan etarlicha sovrinlar yutgan. Menimcha, unda uslub o‘zgarmagan.
Bu jamoa hissiyotlar bilan boshqariladi. Hissiyot esa Simeone bilan bir qatorda kelishini yaxshi bilasiz. U dunyodagi eng ta’sirchan murabbiylardan biri.
Ularga qarshi ikki bahs ham qiyin bo‘ladi. Biz ham jismoniy, ham ruhiy tomondan bunga tayyor turishimiz kerak.
Men shogirdlarimni bunday qiyinchilikdan olib o‘tish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Biz e’tiborli va tartibli o‘yin ko‘rsatishimiz lozim“, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar