
Rangnik Ronalduni MYudan haydashi kerak!
Sky Sports eksperti bo‘lib ishlayotgan “Arsenal” va “Aston Villa”ning sobiq o‘yinchisi Pol Merson Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi o‘yinlarini keskin tanqid ostiga oldi.
- Men Ronalduni “Manchester Yunayted” tarkibidan butkul yo‘qotish kerakligiga aminman. Aslida uning o‘rnida Edinson Kavani, Jeydon Sancho, Markus Reshford va Meyson Grinvud kabi futbolchilar o‘ynashi kerak.
“Yunayted”da muammo bor. Jamoaning ichida nimalar bo‘layotganini biz bilmaymiz. Joriy mavsumda ular kuchli to‘rtlikka kira olishiga ishonmayman. To‘rtinchi o‘rinni egallasa ham katta natija qayd etgan bo‘lishadi, - dedi Merson jurnalistlarga bergan intervyusida.
Krishtianu Ronaldu avgustda Manchesterga qaytdi. Shu kunga qadar premer-ligada 15 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, uchta golli pas oshirdi. Chempionlar ligasi guruh bahslarida esa beshta o‘yinda raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qildi.
Fikrlar