
Rasman! A Seriyada navbatdagi iste’fo yuz berdi
Davide Nikola endi “Salernitana” klubi bosh murabbiyi emas. Italiya klubi o‘zining rasmiy sayti orqali 49 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Salernitana” kecha A Seriya doirasida "Atalanta"ga qarshi o‘yinda 8:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Davide Nikola “Salernitana”da 2022 yil fevral oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida jamoa 34 ta uchrashuv o‘tkazdi. Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi: 8 g‘alaba, 12 durang, 14 mag‘lubiyat.
Fikrlar