Rasman! Asror Aliqulov “Sho‘rtan” bosh murabbiyi

  • 15 fevral, 2018, 18:55
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

14 fevral kuni “Sho‘rtan” jamoasining G‘uzordagi qarorgohida klub rahbariyati yig‘ilish o‘tkazdi. Unda “Sho‘rtan” PFK MChJ Bosh direktori Kamoliddin Rahimov, Texnik Direktor Bahodir Shaymardonov, murabbiylar guruhi va futbolchilar ishtirok etishdi. Kun tartibida “Sho‘rtan” jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Tecno

Bir nechta mutaxassislar orasidan Asror Aliqulov nomzodi ma’qul topildi. Shunday qilib, futbol bo‘yicha 2018 yilgi musobaqalarda rasman G‘uzor jamoasini Asror Aliqulov boshqaradigan bo‘ldi. Unga Botir Qodirqulov hamda Akmal Saitqulovlar yordam berishadi. Darvozabonlar bo‘yicha murabbiy sifatida Erkin Mirzaev faoliyat olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!