
Rasman! "Barselona" APL klubidan futbolchi sotib oldi
Mavsum oldidan jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urgan "Barselona" navbatdagi transferni e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati "Lids" vingeri Rafinyaning sotib olinganini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" braziliyalik futbolchi uchun 58 million evro to‘lagan. Shuningdek, bitimda yana 9 million bonus sifatida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Tomonlar 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. 25 yoshli hujumchi "Lids" tarkibida 67 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 gol va 12 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar