Rasman! “Barselona” mavsumdagi ilk transferini amalga oshirdi (foto)
"Barselona" "Rasing"ning yosh yarim himoyachi Pablo Torre bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Iste’dodli futbolchining transferi "ko‘k-anorranglilar"ga 5 million evroga tushdi.
19 yoshli xavbek “Rasing” bilan birga Ispaniya Segundasida ikki mavsum o‘ynagan. U mamlakat ikkinchi divizionida 35 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Torre “Barselona”ning yozgi transfer oynasidagi ilk xaridiga aylandi. Shuningdek, kataloniyaliklar "Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias, “Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski transferi borasida ham muzokaralar olib bormoqda.


Fikrlar