Rasman! "Bavariya" sobiq futbolchisi Masharipov jamoadoshiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik yarim himoyachi Luiz Gustavo rasman "Al-Nassr" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Luiz riyodliklar bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi. 35 yoshli Gustavo erkin agent maqomida jamoaga kelib qo‘shildi. U bugun yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, futbolchi faoliyati davomida "Xoffenxaym", "Bavariya", "Volfsburg", "Marsel" kabi mashhur klublarda to‘p tepgan. Uning so‘nggi jamoasi Turkiyaning "Fenerbaxche"si hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!