Rasman: Bektemir Meliqo‘zievning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 09.03.2022 12:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev (8-1, 6KO) 19 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida joylashgan "USC Galen Center" arenasiga bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. 10 raund etib belgilangan bahsda Meliqo‘zievga kanadalik Devid Zegarra 34-7, 21KO) raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev 2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida rossiyalik Sergey Ekimovni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
09/03/2022 16:14
Зегаррадан кейин Ковалев ва Альварес